Kirish Ro'yxatdan o'tish

Spalletti: "Hammasi aniq qilindi"

Spalletti: "Hammasi aniq qilindi"

Baho:
+ | -

Turinning "Yuventus" klubi Italiya kubogining 1/8 finalida "Udineze"ga javobsiz ikkita to‘p kiritib, g‘alaba qozondi.

Bo‘lib o‘tgan o‘yinda "keksa sinyora" ustozi Luchano Spaletti o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning fikricha, jamoasi juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi va raqibning xususiyatlarini hisobga oldi.

"Biz aniq o‘ynadik, barchasi juda yaxshi bajarildi. "Udineze" kabi jamoalar qarshi hujumlarda juda yaxshi, ularga qarshi to‘pni yo‘qotish xavfli. Biz buni hisobga oldik", - deya Spallettining so‘zlarini keltiradi Juvenews.eu.

"Yuventus" o‘z tarixida o‘n besh marta Italiya kubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 11:15, 03.12.2025.
O'qildi: 618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик