Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Fransiyalik futbolchi uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Fransiyalik futbolchi uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Baho:
+ | -

Fransiyalik himoyachi Filipp Lanketin 2023 yil oktyabr oyida Fransiyaning A1 avtomagistralida sodir etgan ayanchli avtohalokati uchun uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Voetbalprimeur” nashri xabar berdi.  

Niderlandiyaning “ADO Den Xaag” jamoasida to‘p tepgan 20 yoshli futbolchi beixtiyor og‘irlashtirilgan tan jarohati yetkazish hamda lisenziya va sug‘urtasiz avtomobil boshqarish ayblari bo‘yicha sud tomonidan ikki yili shartli tarzda uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, u besh yilga haydovchilik huquqidan mahrum etildi va jabrlanuvchilarga moddiy tovon puli to‘lashi belgilandi.

Voqea 2023 yil 9 oktyabrda sodir bo‘lgan. Lanketin ota-onasiga tegishli avtomobilni do‘sti bilan haydab ketayotganida Parijdan 50 km uzoqlikdagi Le-Fel shahri yaqinida soatiga 140 km tezlikda boshqa mashinaga urilgan. Kuchli zarba oqibatida mashina qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va yana bir to‘qnashuv yuzaga kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida jabrlangan avtomobil haydovchisi Farid Baho og‘ir kvadriplegiyaga  (orqa miya yoki asab tizimining shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan falajlik) uchragan va endi u umrining oxirigacha nogironlar aravachasida qolishi mumkin.

Kompyen Oliy sudida futbolchi haydovchilik guvohnomasisiz mashina haydaganini tan oldi. Tergov natijasiga ko‘ra, voqea vaqtida 18 yoshda bo‘lgan Lanketin qonida 0,30 g/l miqdorda alkogol aniqlangan va narkotik (nasha) testi ijobiy chiqqan.

Ushbu holatdan so‘ng Niderlandiyaning “ADO Den Xaag” klubi rasmiy bayonotida 2023 yilda Fransiyada sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlardan so‘ng Filipp Lanketinni vaqtincha chetlatgani va uning ijaraviy shartnomasi bekor qilinishi ma’lum qilindi. Klub futbolchini tarkibga qo‘shishdan avval bu ish bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lmaganini bildirgan.

Kiritildi: 10:05, 04.12.2025.
O'qildi: 537 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.