Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Hindistonlik 3 yoshli bolakay shaxmat tarixiga kirdi

Hindistonlik 3 yoshli bolakay shaxmat tarixiga kirdi

Baho:
+ | -

Hindistonning Madhya Pradesh shtati, Sagar shahrida yashovchi Sarvagya Singh Kushvaha atigi 3 yosh 7 oy 13 kunligida tarixdagi eng yosh FIDE Rapid reytingli shaxmatchi bo‘ldi. U 1572 reyting ochkosi bilan 2025-yil dekabr oyida e’lon qilingan FIDE rapid ro‘yxatiga kiritildi.

Sarvagya sentyabr oyida 24-bor tashkil etilgan RCC Rapid Rated Cup musobaqasida ilk bor ishtirok etib, 1542 reyting ochkosiga ega raqibini mag‘lub etgan. Oktyabrda esa Madhya Pradeshning Handva shahridagi Shri Dadaji Dhunivale Rapid Rating Open turnirida yana bir kuchli shaxmatchini yengdi (1559 reyting ochko).

Noyabr oyida u Chindvara va Indore shaharlarida bo‘lib o‘tgan ikkita rapid turnirida ishtirok etib, 1542 reyting oshkosi bori raqibini ikkinchi marta mag‘lub etdi. Singh navbatdagi bahsda 1696 reytingli shaxmatchiga qarshi dona surib, unga ham hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Natijada, Sarvagya o‘zining ilk rasmiy rapid reytingini qo‘lga kiritdi.

“Farzandimizning FIDE reytingiga ega bo‘lgan dunyodagi eng yosh shaxmatchi bo‘lgani biz uchun katta faxr va sharaf. Biz kelajakda uning grossmeyster bo‘lishini xohlaymiz”, dedi Kushvahaning otasi Siddhart Singh.

Ma’lumot uchun, avvalgi rekord o‘tgan yili 3 yosh 8 oy va 19 kunligida ushbu natijaga erishgan Anish Sarkarga nasib etgan edi. Endi esa mazkur natija yana bir 3 yoshli hindistonlik iste’dod tomonidan yangilandi.

Kiritildi: 17:17, 04.12.2025.
O'qildi: 714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.