Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

“Bavariya” xodimlariga ChatGPT’dan foydalanishni taqiqlandi

“Bavariya” xodimlariga ChatGPT’dan foydalanishni taqiqlandi

Baho:
+ | -

“Bavariya” o‘zining ichki sun’iy intellekt platformasidan foydalanishni boshladi. Bu haqda Welt nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, klub Bundesligadagi raqamli transformasiya borasida yetakchilardan biri hisoblanadi. Myunxen klubi xodimlariga ish jarayonida ChatGPT’dan foydalanish taqiqlangan. Klubning o‘z sun’iy intellekt platformasi allaqachon turli bo‘limlarda, xususan, yuridik bo‘lim va muxlislar bilan ishlash xizmatlarida qo‘llanilmoqda.

Hozirda “Bavariya”ning ichki platformasidan klubning qariyb 300 nafar xodimi, ya’ni umumiy shtatning uchdan bir qismi foydalanmoqda. Shuningdek, sun’iy intellekt vositalarini klubning barcha bo‘limlariga joriy etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

“Biz xodimlarimiz uchun ChatGPT kabi turli sun’iy intellekt platformalaridan foydalanishni taqiqlay boshladik. Buning sababi — ularni o‘zimizning maxsus platformamizdan foydalanishga yo‘naltirish. Bundan tashqari, bu yopiq, xavfsiz xususiy tizim hisoblanadi. Biz katta qarshilik bo‘lishini kutgan edik, ammo bunday bo‘lmadi. Xodimlar qulay va sodda yechimdan mamnun”, dedi “Bavariya”ning raqamli muxlislar bilan ishlash bo‘limi rahbari Tomas Ehemann Myunxendagi ISPO ko‘rgazmasida.

Ma’lumot uchun, “Bavariya” joriy mavsum Germaniya Bundesligasida 34 ochko bilan birinchi, UYEFA Chempionlar Ligasida esa 12 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:36, 04.12.2025.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.