Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman. Lamin Yamal - La Ligada noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi!

Rasman. Lamin Yamal - La Ligada noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi!

Baho:
+ | -

"Barselona" o‘z ijtimoiy tarmoqlarida Lamin Yamal noyabr oyi yakunlariga ko‘ra La Liganing eng yaxshi futbolchisi deb topilganini e’lon qildi.

O‘tgan oyda "ko‘k-anorranglilar" Ispaniya chempionatida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozonganida, yosh vinger jamoaning o‘yiniga katta hissa qo‘shdi. Yamal bu uchrashuvlarda 3 ta gol va 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi va "Barselona"ning noyabr oyidagi eng samarali futbolchisiga aylandi.

Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda jami 15 ta o‘yinda maydonga tushib, "gol+pas" tizimida 7+7 ball to‘pladi.

Kiritildi: 22:52, 05.12.2025.
O'qildi: 860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик