Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Liga ishchi guruhi Nukus shahridagi «Turon» stadioni bilan ishlashda davom etmoqda

Liga ishchi guruhi Nukus shahridagi «Turon» stadioni bilan ishlashda davom etmoqda

Baho:
+ | -

Liganing stadionlar bo‘yicha ishchi guruhi MTRK mutaxassisi bilan birgalikda Nukus shahridagi «Turon» stadionida bo‘lib, ta’mirlash jarayonini o‘rgandi. Hozirda «Turon» stadioni to‘liq yangilanish jarayonida bo‘lib, qurilish bosqichida translyasiya standartlari va texnik talablarning inobatga olinishi kelgusida muhim ahamiyat kasb etadi.

Stadionni o‘rganish davomida translyasiya bo‘yicha qator muhim jihatlar kelishib olindi:

- asosiy va ofsayd kamera platformalari hamda maydon atrofidagi kameralar joylashuvi nuqtalari, ularni kabellashtirish va jihozlash masalalarida o‘zgarishlar amalga oshiriladi;

- markazlashgan VAR tizimi uchun alohida zona va uning texnik ta’minoti masalasi rejaga kiritiladi;

- VAR va ko‘chma televzion stansiyaning joylashuvi, ularning uzluksiz ishlashi uchun zarur internet va elektr ta’minoti masalasi joriy qilinadi.

«Turon» stadionida barcha kamera platformalarini kabellashtirish va ulanishlarni yagona Patchroom’da markazlashtirish tizimini joriy etish Liganing asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizdagi ko‘plab stadionlar bunyod etilayotganda mazkur masala inobatga olinmagan bo‘lib, ushbu holat translyasiyalar sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatib keladi.  

Rekonstruksiya qilinayotgan stadioni 12 000 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, tomoshabinlar uchun yopiq tomga ega zamonaviy inshootga aylantirilmoqda. Stadion FIFA standartlariga javob beradigan so‘nggi turdagi sun’iy chim, zamonaviy yoritish tizimi bilan jihozlanadi va kelgusida Superliga uchrashuvlarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Aral klubi Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, stadion 2026 yil bahorida to‘liq foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Har qanday holatda ham uning ishga tushishi 2026 yilgi mavsumda amalga oshirilishi belgilangan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:45, 06.12.2025.
O'qildi: 775 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик