Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Islombek Ismoilov "Neftchi" bosh murabbiyligidagi ilk matbuot anjumanida ishtirok etdi

Islombek Ismoilov "Neftchi" bosh murabbiyligidagi ilk matbuot anjumanida ishtirok etdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy mavsum yakunidan so‘ng "Neftchi" PFKga  Islombek Ismoilov bosh murabbiy etib tayinlandi. Shu munosabat bilan bugun klub matbuot hizmati tomonidan OAV vakillari uchun yangi mavsum oldidan matbuot anjumani tashkilandi.

Matbuot anjamanida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

-Avalambor, birinchi navbatda boy tarixga ega, katta armiyaga ega muhlislari bor klubni boshqarishni menga ishonib topshirishganligi uchun klub rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Faoliyatimda "Neftchi" men uchun yangi chaqiruv, yangi bosqich , katta ishonch va shu bilan birgalikda katta ma’suliyat hamdir.Asosiy maqsadlarimdan biri muhlislar mehrini qozonish hamda "Neftchi" jamoasini yangi bosqichga olib chiqish uchun bor kuchim bilan harakat qilishdir. Bular osongina hal bo‘lmaydi, lekin biz bu yo‘lda birgalikda jamoa,muhlislar barchamiz birgalikda harakat qilishimiz lozim.

Savollar:

-Avvalambor sizni "Neftchi" jamoasida ko‘rib turganimizdan  xursandmiz, joriy mavsumda jamoa uzoq kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritdi. Mavsum oldidan rejalar qanday?

-Birinchi navbatda chempionlikni munosib himoya qilish, Elit Osiyo chempionlar ligasi musobaqasida yurtimiz sha’nini munosib himoya qilish, shuningdek Farg‘ona viloyati hokimining yoshlarga berayotgan e’tibori misolida "Neftchi" jamoasi akademiyasi o‘z faoliyatini boshladi. Akademiya O‘zbekistondagi eng ilg‘or akademiyalardan biri bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Kelgusida asta sekinlik bilan jamoa falsafasini, o‘yin uslubini yoshlarga tayanadigan jamoaga aylantirish maqsadidamiz. Shu bilan birgalikda tajribali futbolchilar orqali yoshlarga o‘rnak va maydonda o‘rganishlari lozim bo‘lgan jihatlarni olishlari uchun tarjribali futbolchilarni o‘rni ham jamoada muhim hisoblanadi.

-Jamoamizni 2026 yilda qanday taktik uslubda ko‘ramiz?

-Birinchi navbatda hujumkor futbolcni targ‘ib qilamiz. Lekin doyimiy ravishda hujumkor futbol o‘ynashni imkoni ham yo‘q , asosiy maqsadimiz muhlislarga manzur bo‘ladigan chiroyli va sifatli futbol namoyish etish.

-YAngi mavsum oldidan jamoa rejalari haqida ma’lumot bersangiz?

-Mavsum oldidan jamoamiz yangi yilning 5 yanvar sanasida Turkiyaning Antaliya shahriga o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun jo‘nab ketadi.U yerda nazorat uchrashuvlarida maydonga chiqish ham ko‘zda tutilgan tutilgan. O‘quv yig‘in mashg‘ulotlari 15 fevralda tugaydi va yurtimizga qaytib kelamiz.
Umuman olganda yangi mavsumga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish nazarda tutilgan.

-Sizni bosh murabbiy lavozimida ko‘rib turganimizdan xursandmiz. O‘’tgan mavsumda jamoa nisbatan himoyaviy futbol o‘ynagandek ko‘ringandi. Yangi mavsumda hujumkor futbol ko‘rishimiz mumkinmi?

-SHu o‘rinda jamoaning sobiq bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman. Har bir murabbiyning futbolda o‘zining qarashlari va o‘yin uslubi bo‘ladi. Kimdir hujumkor, kimdir himoyaviy futbolni hush ko‘radi. Mening falsafam aytib o‘tganimdek, himoyani esdan chiqarmagan holda hujumkor futbolni targ‘ib qilishdir.

-SHu savolga qo‘shimcha qilaman, bilamiz Vitaliy Levchenko 3-5-2 taktikasida futbol o‘ynar edi. Agar ushbu mavsumda jamoa o‘zagi saqlanib qolinsa, sizning taktik uslubingizga futbolchilar moslashishi haqida qanday fikrdasiz?

-Albatta, jamoadagi  futbolchilar o‘z ishini ustasi va professionallar hisoblanadi. Ular istalgan sxema va taktikada futbol o‘ynay olishadi. O‘’ylaymanki futbolchilar bilan moslashishda muammo bo‘lmaydi.

-Kecha klub matbuot hizmati tomonidan Xans-YUrgen Gyode yordamchingizga aylangani haqida xabar berildi. Murabbiylar shtabi haqida qo‘shimcha ma’lumot bersangiz?

- Kecha germaniyalik mutahassis Xans-YUrgen Gyode bilan shartnoma imzolandi. Shuningdek, rejaga ko‘ra murabbiylar shtabi asosan Yevropa mamlakatlaridan jalb qilinadi. Bunga sabab, jamoa kelajakda zamonaviy va sifatli futbol ko‘rsatishi inobatga olinmoqda. Buning uchun albatta viloyat rahbariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Futbolda  shahsiy qobiliyat (insting,sezgirlik) yoki analitika. Qaysi biriga ko‘proq ishonasiz?

- Har ikkisi ham futbolda muhim jihatdir. Futbolni insonlar o‘ynaydi robotlar emas. Uchrashuv paytida asosan birinchi o‘rinda tahlil qilinadi. Yangi mavsumda bunga katta e’tibor qaratamiz. O‘’yinni rivojlantirish bo‘yicha aytib o‘tganimdek, Yevropadan mutahassislar jalb qilinadi. Lekin qayerdadir inson o‘yin holatidan  kelib chiqib vaziyatni o‘zida his qilishi kerak. Ko‘proq analitikaga ham quloq tutish zamonaviy futbolni qonuni hisoblanadi.

-YOshlar jamoasi  yangi mavsumda sizning ish rejangizda bormi? Ularni yangi mavsum uchun rejalari qanday?

-Xozirdan yangi mavsum uchun ishlar boshlab yuborilgan va yoshlarga katta e’tibor qaratiladi. Mashg‘ulotlarga yosh futbolchilar jalb qilish bo‘yicha bosqichma bosqich rejalar tuzilgan. Asosiy maqsadlarimizdan biri, iqtidorli futolbchilarni katta futbolga olib kirish hisoblanadi.Bu katta mehnat talab qiladi. O‘ylaymanki, yaqin yillarda jamoamiz tarkibida bir nechta yosh futbolchilar yulduz bo‘lib porlashiga bor kuchimizni ishga solamiz.

-Ayni vaqtda futbolda standart vaziyatlar natija olib kelish uchun asosiy qurolga aylanmoqda. Savolim shuki, murabbiylar shtabida aynan shu jihatlarga e’tibor beradigan mutaxassisni ko‘ramizmi?

-Hozirga kelib yordamchi murabbiy shtabga jalb qilindi. Oldimizda ikkita masala qoldi. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy va darvozabonlar murabbiyi. Bu borada kerakli mutaxassislar bilan bog‘langanmiz. Barchasini yo‘lga qo‘yib olsak albatta, siz aytgandek har bir detallarni o‘rganib chiqamiz. Jamoamiz uchun munosib mutahassis zarur deb topilsa albatta, shunday mutahassisni jamoaga taklif qilamiz.
Murabbiy va mutahassislarning barchasi Yevropadan kelishi ko‘zda tutilgan.

-Jamoaga kelganingizdan so‘ng birinchi navbatda ishni nimadan boshladingiz?

-Avvalo tayyorgarlik ko‘rish rejalari ustida ishladik. Jamoaning o‘zagi saqlanib qolinadi. Jamoa allaqachon shakllangan. Futbolchilarga ishonch bildiramiz va shu bilan birga yosh futbolchilarni ham tarbiyalashga katta e’tibor qaratamiz.

-  Oldinda Elit liga musobaqasi turibdi. Jamoa tarkibi kuchaytiriladimi?
- Elit liga uchun tayyorgarlik boshlangan. Jamoa tarkibiga kelsak, hozirgi chempion tarkibda juda katta potensial bor. Ularga ishonch bildirilsa, o‘yin uslubi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa katta salohiyatga ega futbolchilarimiz Elit ligada nimalarga qodirligini ko‘rsata oladi.

-Seleksiya jarayoniga kech qolmayabmizmi ?

- Seleksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Barcha muzokaralar yakuniga yetsa jamoa matbuot hizmati tomonidan e’lon qilinadi.

-YAngi mavsumdagi intriga haqida nima deya olasiz?

-"Neftchi" jamoasining yangi mavsum uchun rejalari bor. Biz hech qaysi jamoadam qo‘rqmaymiz va umid qilamizki muhlislar daldasi bilan chiroyli ga’labalarga erishib, ularni xursand qilamiz.

-2026 yilda Islombek Ismoilov "Istiqlol" stadioniga keladigan muxlislardan  nima kutmoqda?

-Joriy mavsumda muxlislarimiz statistik jihatidan ham, muhlislik etikasi tomonidan ham mamlakatimizda yetakchi bo‘la olishdi. Yangi mavsumda ham bundanda yuqori darajani kutamiz. Xabarim bor, muxlislarimiz yangi mavsum uchun tayyorgarliklarni boshlab yuborishdi. O‘ylaymanki, ular bu yilgidanda ko‘proq jamoani qo‘llab quvvatlashadi va jamoamiz ham shunga munosib ravishda muhlislarini xursand qilishga bor kuch g‘ayratini ishga soladi.

Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати
Kiritildi: 16:16, 06.12.2025.
O'qildi: 605 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.