Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Xabi Alonso: "Bu bizga jiddiy zarba bo‘ldi"

Xabi Alonso: "Bu bizga jiddiy zarba bo‘ldi"

Baho:
+ | -

"Real" himoyachisi Eder Militao Ispaniya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan "Selta"ga (0:2) qarshi uy uchrashuvining birinchi bo‘limida jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

24-daqiqada 27 yoshli braziliyalik futbolchi o‘rnini himoyachi Antonio Ryudiger egalladi.

"Militao jarohati bizga ta’sir qildi, tiklanish qiyin bo‘ldi. Biz nimanidir to‘g‘rilashga harakat qildik, ammo bu biz istagan o‘yin emasdi," - dedi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso.

2023/24 va 2024/25 yilgi mavsumlarda Militao bir nechta jiddiy jarohatlar oldi, jumladan, xochsimon bog‘lamlarning yorilishi. Natijada u jamoasining 100 dan ortiq o‘yinini o‘tkazib yubordi.

2025/26 yilgi mavsumda braziliyalik himoyachi 16 ta o‘yinda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 07:42, 08.12.2025.
O'qildi: 830 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик