Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

«Real» va «Barselona» klublari sobiq futbolchisi Qirg‘iziston terma jamoasiga bosh murabbiyiga aylandi

«Real» va «Barselona» klublari sobiq futbolchisi Qirg‘iziston terma jamoasiga bosh murabbiyiga aylandi

Baho:
+ | -

Qirg‘iziston futbol ittifoqi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Qirg‘iziston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida «Real» va «Barselona»ning sobiq futbolchisi, Xorvatiya terma jamoasi safida JCH-1998ning bronza medali sohibi Robert Prosinechki tayinlandi.

56 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma bir yil va bir oy muddatga mo‘ljallangan. Agar Qirg‘iziston terma jamoasi Osiyo Kubogi-2027da muvaffaqiyatli ishtirok etsa, shartnoma yana uch yilga uzaytirilishi mumkin.

Prosinechkining oxirgi ish joyi Chernogoriya terma jamoasi bo‘lgan. Ungacha u Bosniya va Gersegovina, Ozarbayjon milliy jamoalarini, shuningdek «Srvena Zvezda» va «Qayserispor» klublarini boshqargan.

JCH-2026 saralash bosqichida Chernogoriya xorvat mutaxassisi qo‘l ostida Xorvatiya, Chexiya, Farer orollari va Gibraltar joylashgan guruhda 4-o‘rinni egalladi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 16:44, 10.12.2025.
O'qildi: 1962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик