Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Toni nega APLga qaytmasligi ma’lum bo‘ldi

Toni nega APLga qaytmasligi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi hujumchisi qishki transfer oynasida Angliya premyer-ligasiga qaytishi dargumon. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.

Manbaga ishonadigan bo‘lsak, Tonini qaytarish muammosi soliqlar bilan bog‘liq. Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili forvard haftasiga 456 ming yevro maosh bilan maxsus to‘rt yillik shartnoma imzolagan va unga soliq solinmagan. Ammo bir hiyla bor: agar Toni 2026 yil apreligacha Angliyaga qaytsa, Saudiya Arabistonida ishlab topganining yarmi - 16 million yevro miqdorida soliq to‘lashi kerak bo‘ladi.

Avvalroq, 29 yoshli Toniga "Tottenxem," "Everton" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Hujumchi bu mavsumda barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda 12 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 14:41, 11.12.2025.
O'qildi: 835 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик