Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Mavsum – 2025 yakunlari: «Navbahor»ning o‘z maydoni va safarda qayd etgan natijalari

Mavsum – 2025 yakunlari: «Navbahor»ning o‘z maydoni va safarda qayd etgan natijalari

Baho:
+ | -

«Navbahor»ning yakunlangan mavsumda qayd etgan statistik natijalari bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Navbahor» ortda qolgan mavsumda 30 ta o‘yin o‘tkazib, mazkur uchrashuvlarda 10 ta g‘alaba, 10 ta durang va 10 ta mag‘lubiyatni qayd etgan holda, raqiblar darvozasiga 41 ta gol urgan holda, o‘z darvozasidan 37 ta to‘p o‘tkazib yubordi.

«Navbahor» mavsum – 2025 da jami 40 ochko to‘plab, 7-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xo‘sh, jamoaning Namangan va safardagi uchrashuvlarda qanday natijalarni qayd etishdi?

«Navbahor» yakunlangan mavsumda o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan 15 ta bellashuvdan 7 tasida g‘alaba qozonib, 6 ta o‘yinda durangga erishib, 2 ta bahsda imkoniyatni boy berdi (ushbu mag‘lubiyatlar mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan «Neftchi» hamda yakunlangan mavsumda 5-o‘rinni egallagan «Bunyodkor» jamoalariga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarda qayd etilganligini ham aytish joiz). Namangandagi o‘yinlarda jamoa raqiblar darvozasiga 23 ta gol urgan holda, o‘z darvozasidan 7 ta to‘p olib chiqdi va 27 ochko to‘pladi.

«Lochinlar» safardagi 15 ta uchrashuvning 3 tasida zafar quchib, 4 ta durang hamda 8 ta mag‘lubiyatni qayd etgan holda, raqiblar darvozasiga 18 ta gol urgan holda, o‘z darvozasidan 30 ta to‘p olib chiqishdi va 13 ochko jamg‘arishdi.

Yuqoridagi ma’lumotdan ko‘rinib turibdiki, «Navbahor» safardagidan ko‘ra, Namangandagi o‘yinlarda yaxshiroq natija qayd etgan.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: @fcnavbahor
Kiritildi: 22:21, 11.12.2025.
O'qildi: 802 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик