Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Laporta Negreyra ishi bo‘yicha guvoh sifatida ko‘rsatma berdi

Laporta Negreyra ishi bo‘yicha guvoh sifatida ko‘rsatma berdi

Baho:
+ | -

Joan Laporta Negreyra ishi bo‘yicha guvoh sifatida ko‘rsatma berdi. «Barselona» prezidenti bir soatcha davomida savollarga javob berdi. Bugun tongda boshqa guvohlar — Luis Enrike va Ernesto Valverde ko‘rsatma bergan edi. Jozep Bartomeu, Sandro Rosell, Oskar Grau va Enrikes Negreyraning o‘g‘li ham tergov doirasida ko‘rsatma berib bo‘lishgan.

Mundo Deportivo manbasiga tayanib xabar berishicha, Laporta har ikki tomonning barcha savollariga javob berdi va «Barselona» butun jarayon davomida ilgari surib kelgan fikrlarga asoslangan «ishonarli dalillar» bilan klub pozisiyasini tushuntirdi. Ko‘rsatmalar katalon tilida berilgan. Joanning ta’kidlashicha, «Barselona» faqat texnik hisobotlar uchun haq to‘lagan.

Mundo Deportivo’ning Què T’hi Jugues dasturiga tayanib yozishicha, Laporta Negreyra va uning o‘g‘lini hech qachon ko‘rmagani va uchrashmaganini aytgan. «Barsa» prezidenti hisobotlar mavjudligi haqida 2003 yili bilganini va ularni foydali deb baholaganini bildirgan.

Laportaga ko‘ra, juda «batafsil» deb ta’riflangan bu hisobotlar sobiq hakamning o‘g‘li tomonidan tayyorlangani haqida aytilgan, ammo uning hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) vise-prezidenti ekani aniqlashtirilmagan.

Laporta tushuntirishicha, hisobotlar tasodifan shkafdagi qutidan topilgan. Ularda 2014–2018 yillar davri aks etgan, ammo avvalgi mavsumlarga oid hujjatlar yo‘q — chunki klub hujjatlari har besh yilda yo‘q qilinishi aytiladi.

Prezident ta’kidladiki, «Barselona» hech qachon musobaqalardagi natijalarga ta’sir ko‘rsatishni niyat qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda «Barselona» va uning rahbariyati sobiq hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) vise-prezidenti, Ispaniya Futbol federasiyasi (RFEF) xodimi Xose Mariya Enrikes Negreyraga berilgan to‘lovlar orqali pora olishda ayblangan edi. Sud Negreyraga 2001–2018 yillar oralig‘ida «Barselona» tomonidan to‘langan 7,7 million yevro miqdoridagi to‘lovlarni jinoyat deb topgan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 20:49, 12.12.2025.
O'qildi: 1113 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.