Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe va «Real»ning boshqa jarohat olgan futbolchilari ahvoli haqida ma’lumot paydo bo‘ldi

Mbappe va «Real»ning boshqa jarohat olgan futbolchilari ahvoli haqida ma’lumot paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe hamda yarim himoyachi Eduardu Kamavinga La Liganing «Alaves»ga qarshi uchrashuvi arafasida jamoa mashg‘ulotida ishtirok etmadi, deya xabar beradi "The Athletic" jurnalisti Mario Kortexana.

Qayd etilishicha, Mbappe tizzasida og‘riq sezmoqda, Kamavinga esa, ehtimol, bo‘lajak o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, mashg‘ulotda yarim himoyachi Federiko Valverde ham ishtirok etmadi — unda o‘ng sonning ichki mushagida ortiqcha zo‘riqish aniqlangan. Himoyachi Antonio Ryudiger esa chap oyog‘ida noqulaylik his qilmoqda.

Valverdening o‘yinda qatnashishi borasida klubda optimizm saqlanib qolmoqda. Ryudiger masalasida vaziyat noaniq, biroq futbolchining yaqin atrofidagilar uning maydonga tushishiga umid qilmoqda.

Himoyachi Din Xyoysen jarohatdan to‘liq tiklanib, jamoa bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdi. Shu bilan birga, «Alaves»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgan futbolchilar ham ma’lum: Daniel Karvaxal, Trent Aleksander-Arnold, Eder Militao, David Alaba va Ferlan Mendi — barchasi jarohat sababli. Bundan tashqari, Fran Garsiya va Alvaro Karreras «Selta»ga qarshi o‘yinda (0:2) qizil kartochka olgani uchun diskvalifikasiya sababli maydonga tusha olmaydi.

«Alaves» — «Real» uchrashuvi 14 dekabrdan 15 dekabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:07, 13.12.2025.
O'qildi: 1493 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик