Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

"Napoli" yulduzi jarohatidan tuzalib, safga qaytdi

"Napoli" yulduzi jarohatidan tuzalib, safga qaytdi

Baho:
+ | -

Avgust oyi o‘rtalaridan buyon jarohati sabab maydonga tusha olmayotgan "Napoli" hujumchisi Romelu Lukaku safga qaytishga hozirlik ko‘rmoqda. 32 yoshli belgiyalik hujumchi "Milan"ga qarshi Italiya Superkubogi yarim final o‘yini qaydnomasiga kiritiladi. Bu uning joriy mavsumdagi rasmiy o‘yinlardagi ilk ishtiroki bo‘ladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Romelu Lukaku avgust oyida Gresiyaning "Olimpiakos" klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida jarohat olgandi. Tibbiy tekshiruv natijasida futbolchining son bog‘lamlari uzilgani aniqlandi, bu esa tiklanishning uzoq davom etishiga olib keldi. Ushbu jarohat tufayli belgiyalik futbolchi futbol mavsumi boshidan beri "Napoli"ning barcha rasmiy uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi va joriy mavsumda bir daqiqa ham maydonda bo‘lmadi.

Romelu Lukakuning Italiya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 15 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 18:19, 16.12.2025.
O'qildi: 977 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.