Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Flik «Barselona»ning Ispaniya kubogidagi g‘alabasiga munosabat bildirdi

Flik «Barselona»ning Ispaniya kubogidagi g‘alabasiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining Ispaniya Kubogi 1/16 final bosqichida «Gvadalaxara» ustidan 2:0 hisobida qozonilgan g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

— «Jamoaning jangovar ruhi menga juda yoqdi va g‘alabadan xursandman. Kubok o‘yinlari har doim oson o‘tmaydi, ammo biz munosib o‘ynadik. Eng muhimi — butun uchrashuv davomida qanday ko‘rsatma va ruhiyat bilan harakat qilganimiz.

Yana takrorlayman: futbolchilarning bu o‘yinga bo‘lgan munosabati hal qiluvchi omil bo‘ldi. Bunday uchrashuvlarda gol urish qiyin kechadi, ammo biz bunga erishdik», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Marca.

Ushbu bahsda gollarni 76-daqiqada daniyalik himoyachi Andreas Kristensen hamda 90-daqiqada angliyalik vinger Markus Rashford kiritdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:10, 17.12.2025.
O'qildi: 817 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.