Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

UEFA «Negreyra ishi» sabab «Barselona»ni Chempionlar ligasidan chetlatishi mumkin edi

UEFA «Negreyra ishi» sabab «Barselona»ni Chempionlar ligasidan chetlatishi mumkin edi

Baho:
+ | -

UEFA «Barselona»ni hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Negreyraga to‘lovlar amalga oshirilgani ortidan ehtimoliy pora berish gumoni sabab Chempionlar ligasidan chetlatishi mumkin edi. Bu haqda El Confidental xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, bundan tashqari, klub moliyaviy maxinasiyalar uchun 60 million yevro miqdorida jarimaga tortilishi, shuningdek jamoaning «Kamp Nou» stadioniga qaytish jarayoniga to‘siq qo‘yilishi ham mumkin edi. Qayd etilishicha, UEFA bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun «Barselona» prezidenti Joan Laporta Superliga loyihasida ishtirok etishdan voz kechishga va Yevropa klublari assosiasiyasiga qayta a’zo bo‘lishga majbur bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda "ko‘k-anorranglilar"ga Negreyraga to‘lovlar amalga oshirilishi bilan bog‘liq pora berish ayblovi qo‘yilgan edi. U Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi (RFEF)da faoliyat yuritgan. «Barselona» 2001–2018 yillar oralig‘ida taxminan 8,4 million yevro miqdorida ushbu to‘lovlarni amalga oshirganlikda ayblangan.

Kataloniya klubi versiyasiga ko‘ra, Negreyra hakamlik bo‘yicha texnik hisobotlar tayyorlash uchun tashqi maslahatchi sifatida jalb etilgan. CTAning sobiq vise-prezidenti esa hakamlarga ta’sir o‘tkazish maqsadida pora olganini inkor etmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:34, 17.12.2025.
O'qildi: 4642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.