Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Zlatan Ibragimovich jurnalistning Messi hamda Ronaldu haqidagi fikriga keskin javob qaytardi

Zlatan Ibragimovich jurnalistning Messi hamda Ronaldu haqidagi fikriga keskin javob qaytardi

Baho:
+8 | -

Sobiq hujumchi Zlatan Ibragimovich Pirs Morganning Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldu haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi.

Morgan intervyularning birida “Ronaldu "Real"ni tortib yurgan. Messi bunday qila olmaydi”, deya fikr bildirgandi. Ibragimovich esa javoban shunday dedi:

“Messi ketgach, "Barselona" ikki marta Yevropa Ligasida o‘ynadi. Ronaldu ketgach, "Real" bir necha marta La Liga va Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘ldi. Shunday ekan, kim kimni tortib yurganini ayt”, — deya keskin fikr bildirdi Ibragimovich.

Ma’lumot uchun, Ibragimovich 2009–2010-yillar oralig‘ida “Barselona” safida Messi bilan to‘p tepgan. Shvesiyalik hujumchi kataloniyaliklar safida 46 ta uchrashuvda ishtirok etib, 22 ta gol hamda 13 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Krishtianu Ronaldu 2009-yildan 2018-yilga qadar “Real” sharafini himoya qilgan. Portugaliyalik hujumchi bu vaqt davomida 4 karra Chempionlar Ligasi, 3 karra Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, 2 karra La Liga, 3 karra UYEFA Superkubogi hamda boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Lionel Messi esa 2003-yildan 2021-yilga qadar “Barselona” safida to‘p tepgan. U Kataloniya klubi bilan 34 ta sovrin qo‘lga kiritgan, jumladan, 10 marta La Liga chempioni va 4 marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:48, 19.12.2025.
O'qildi: 7670 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.