"Real Madrid" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Afrika Millatlar Kubogida o‘zi qo‘llab-quvvatlaydigan jamoa nomini aytdi.
Kongo millatiga mansub fransuz futbolchisi Angola terma jamoasiga muvaffaqiyat tiladi, chunki u ushbu mamlakatda tug‘ilgan.
"Men Afrika Kubogida Angola uchun muxlislik qilaman. Men turnirning so‘nggi turini kuzatdim - biz o‘shanda yaxshi o‘ynadik.
Menimcha, bu yil bizda imkoniyat bor", - deya 23 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi The Touchline.













