Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

“Real” futbolchisi qishda jamoadan ketmaydigan bo‘ldi — Romano

“Real” futbolchisi qishda jamoadan ketmaydigan bo‘ldi — Romano

Baho:
+1 | -

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Franko Mastantuono 2025/26-yilgi mavsumning ikkinchi qismida jamoani tark etmaydi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, madridliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso hamda klub rahbariyati Mastantuononi loyihaning muhim futbolchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq OAVda argentinalik futbolchi Jahon chempionatiga Argentina terma jamoasi safida borish imkoniyatini oshirish uchun ijaraga ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, “Napoli” futbolchi uchun 45–50 million yevro to‘lashga tayyor ekani aytilgandi.

Mastantuono 2025 yil avgustidan buyon “Real” safida to‘p surmoqda. Madrid klubi uning transferi uchun “River Pleyt”ga 45 million yevro to‘lagan. Hozirgacha u barcha musobaqalar doirasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol va 1 golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:33, 29.12.2025.
O'qildi: 1398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик