Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Muhsin Muhammadiyev yurak xurujidan vafot etdi

Muhsin Muhammadiyev yurak xurujidan vafot etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar

Samarqandning “Dinamo” klubi sobiq futbolchisi, 2019—2020-yillar “Buxoro” klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan tojikistonlik mutaxassis Muhsin Muhammadiyev 1 yanvar kuni og‘ir xastalikdan keyin vafot etdi.

“Ha, bu bugun kechqurun sodir bo‘ldi”, deya marhumning rafiqasi Mohira Muhammadiyevaning so‘zlarini keltiradi TASS.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Muhammadiyev 2025 yil fevral oyida “Vaxsh” klubining Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini chog‘ida insult o‘tkazgan. Shundan so‘ng uni Moskvaga olib ketishadi va u yerda yana bir necha bor xurujlar kuzatilgan.

2025 yil iyun oyida Muhamadiyev Rossiya FMBA Federal miya va neyrotexnologiyalar markazining reanimasiya bo‘limiga og‘ir ahvolda yotqizilib, sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Iyun oyi oxirida esa u yarim yil davomida bir necha marotaba insult o‘tkazgani ma’lum bo‘lgan. 2025 yil sentyabr oyida u shifoxonadan chiqarilgan bo‘lsa-da, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolgan va davolanish jarayoni davom etgan. Muhsin Muhamadiyev 2026 yil 1 yanvar kuni Moskvada, davolanayotgan klinikalardan birida vafot etdi.

Ma’lumot uchun, 1966 yil Dushanbeda tug‘ilgan mutaxassis 2013–2015-yillarda Tojikiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, 2016–2018-yillarda “Istiqlol”, 2019–2020-yillarda “Buxoro” klublarini boshqargan. Keyinchalik Qozog‘istonning “Ordabasi” klubida murabbiy sifatida faoliyat yuritgan, “Istiqlol” klubining birinchi vise-prezidenti, shuningdek, Tojikistonning “Vaxsh” klubida direktor lavozimida ishlagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:41, 02.01.2026.
O'qildi: 3236 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.