Kirish Ro'yxatdan o'tish

Allegri Fyullkrugning "Milan"dagi debyutiga baho berdi

Allegri Fyullkrugning "Milan"dagi debyutiga baho berdi

Baho:
+ | -

"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoadagi debyutini nishonlagan hujumchi Niklas Fyullkrugning o‘yini haqida gapirdi.

2 yanvar kuni "rossonerilar" "Vest Xem"dan ijaraga olingan 32 yoshli futbolchini yangi futbolchi sifatida tanishtirdi va shu kuni hujumchining debyuti bo‘lib o‘tdi. Germaniyalik futbolchi A Seriya doirasida "Kalyari"ga qarshi kechgan va kichik hisobdagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinning 69-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

"Fyullkrug "Milan"da o‘ynashni juda xohladi va unga imkoniyat berishim to‘g‘ri bo‘ldi. U o‘zini ko‘rsatishga chanqoq ekanligini darhol namoyon qildi. Niklas yaxshi o‘ynadi, men unga shubha qilmadim. Bugun u ikkinchi qavatda foydali bo‘ldi, to‘pni himoyachilardan zo‘r himoya qildi. Biz uchun bu yangilik emas. U yaxshi moslasha oldi," - dedi Allegri DAZN bilan suhbatda.

Yagona golga Rafael Leau mualliflik qildi.

Kiritildi: 08:37, 03.01.2026.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик