Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" Vinisius uchun qancha to‘lashga tayyorligi ma’lum bo‘ldi

"Chelsi" Vinisius uchun qancha to‘lashga tayyorligi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+6 | -

Londonning "Chelsi" klubi braziliyalik hujumchi Vinisius Junior uchun 150 mln yevrolik taklif tayyorlamoqda. Bu haqda Fichajes nashri yozmoqda.

Manbalarga ko‘ra, ushbu summaga 125 mln yevro miqdoridagi qat’iy transfer to‘lovi va 25 mln yevro miqdoridagi samaradorlik bonuslari kiradi. Insayderlarning ta’kidlashicha, Vinisius "Chelsi" taklifini obdon ko‘rib chiqishga tayyor.

Avvalroq, braziliyalik va "Real" o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani ma’lum bo‘lgandi. Amaldagi kelishuv 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:19, 04.01.2026.
O'qildi: 5540 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик