Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Imeda Ashortia: «Andijon»ning yaxshi natijaga erishishi uchun 100 foiz bor kuchim bilan harakat qilaman»

Imeda Ashortia: «Andijon»ning yaxshi natijaga erishishi uchun 100 foiz bor kuchim bilan harakat qilaman»

Baho:
+ | -

«Andijon» jamoasi bilan shartnoma imzolagan gruziyalik Imeda Ashortia kuni kecha klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Imeda, faoliyatingizda yangi sahifa ochildi. Uning sahifalarini yozishga tayyormisiz?

— Ha, men nihoyatda xursandman. Faoliyatimni endi «Andijon»da davom ettirishim men uchun juda yaxshi motivasiya. Shuni aytishim mumkinki, bu yerda bor kuchimni ishga solib, o‘zimni ko‘rsatish uchun o‘ynayman.

— «Andijon» klubidan taklif olganingizda birinchi bo‘lib kim bilan maslahatlashdingiz?

— To‘g‘risini aytsam, barchasi juda tez ro‘y berdi. Ochiq aytaman, men ko‘p o‘ylanib o‘tirmadim. Menga Samvel Babayan qo‘ng‘iroq qildi va bu taklifni darrov qabul qildim.

— Qishki ta’tilni qanday o‘tkazdingiz va hozirda o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

— Qishki ta’tilda «Bunyodkor» bilan o‘tkazgan bunday mavsumdan keyin oilam bilan xordiq chiqardim. Sizlar bilasizlar, bizda doim bu borada qandaydir bajarishimiz kerak bo‘lgan dastur bo‘ladi. Men o‘z ustimda ishlash uchun mashg‘ulotlarni bajardim.

— «Burgutlar»ning bir qismi bo‘lish siz uchun qanchalik muhim?

— «Andijon» sharafini himoya qilish men uchun juda muhim. Har bir uchrashuvda jamoamni yaxshi natijaga erishishi uchun 100 foiz o‘zimni ko‘rsatish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. «Andijon»ni yaxshi bilaman. O‘zbekistondagi oddiy jamoa emas. Xudo xohlasa, o‘z ambisiyalarimizga sodiq qolgan holda yaxshi harakat qilamiz va ijobiy natijalarga erishamiz.

— “Bobur arena”da qanday muhitni tasavvur qilyapsiz?

— “Bobur arena” haqida gapiradigan bo‘lsam, bir marta «Bunyodkor»ning «Andijon»ga qarshi o‘yinida bu stadionda o‘ynaganman. Ana shunda his qilganmanki, u yerda atmosfera juda yuqori darajada bo‘ladi. Ishonamanki va xohlaymanki, yangi mavsumda ham bundan zo‘r bo‘ladi. Chunki “Bobur arena” bizniki bo‘lganligi uchun yanada boshqacha kechadi. Stadion muxlislar bilan liq to‘lishini juda ham xohlayman. Bu har bir futbolchi uchun juda ham muhim. To‘g‘risini aytaymi, «Andijon»ga o‘tishimni asosiy faktorlaridan biri “Bobur arena”dagi atmosferani zo‘rligi tufaylidir.

— Yangi mavsumda nechta gol urishni rejalashtiryapsiz?

— Nechta gol urishimni hozir ayta olmayman. Biroq men ko‘proq gol urishga harakat qilaman. Negaki, hujumkor futbolchi har doim gol urishni va jamoasiga yordam berishni istaydi. Lekin shuni aytishim kerakki, men faqatgina o‘zimni o‘ylaydigan futbolchi emasman. Men uchun futbol — bu sportning jamoaviy turi. Shu sababli meni xayolim va fikrim jamoamizni ko‘proq g‘alaba qozonishiga qaratilgan va buni xohlayman. Gol urishim va jamoaga yordam berishim esa qo‘shimcha ish. Asosiysi esa «Andijon»ning g‘alabasidir.

— Hamyurtingiz Andronikashvilining «Andijon» klubiga o‘tishi haqida qanday fikrdasiz?

— O‘ylaymanki, Andronikashvilini jamoamizga transfer qilinishi juda yaxshi va kerakli. Chunki sifatli futbolchi. Shuningdek, u gruzin va bu men uchun ham juda muhim. Xudo xohlasa, birgalikda «Andijon»ni yaxshi natijalariga erishishi uchun yordam beramiz.

— Samvel Babayan bilan birinchi marta ishlayapsiz...

— Bosh murabbiy haqida aytadigan bo‘lsam, uni yaxshi mutaxassisligini va hurmat-e’tiborini barcha yaxshi biladi. Shu bois qaror qabul qilayotganimda, bosh murabbiy bilan gaplashganimda ushbu jihatlarini ham hisobga oldim. Men u bilan oldin ishlamaganman. Ammo Samvel Vyacheslavovichni bilaman. Qayerda bo‘lmasin natija qila oladi. Shuning uchun undan menga nisbatan qiziqish bo‘lganidan so‘ng chaqiruvini xursandchilik bilan qabul qildim.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 11:34, 05.01.2026.
O'qildi: 704 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.