Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ravshan Haydarov: «Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, men jamoamga ishonaman»

Ravshan Haydarov: «Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, men jamoamga ishonaman»

Baho:
+ | -

U-23 Osiyo kubogi 1-tur o‘yinlari oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda bosh murabbiy Ravshan Haydarov hamda futbolchimiz Saydumarxon Saydnurullayev ishtirok etdi.

Ravshan Haydarov:
— Assalomu alaykum. Avvalo, mana shu musobaqada ishtirok etyapmizdan xursandmiz. Tashkiliy tomondan hammasi ajoyib, OFK va mahalliy tashkiliy qo‘mitaga minnatdorchilik bildiraman, barcha jamoalarga omad tilayman.

— Biz bu musobaqani yaxshi ko‘ramiz va hurmat qilamiz. Turnirda reytingimiz baland, har doim yuqori natijalar qayd etib kelamiz. O‘ylaymanki, bu galgi musobaqada ham munosib ishtirok etib, yuqori natijaga erishamiz.

Guruhdagi raqiblar haqida:
— Albatta, guruhimizda kuchli jamoalar yig‘ilgan. Ularning tajribalari va imkoniyatlarini bilamiz. Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, men jamoamga ishonaman. Futbolchilar bilan suhbatda bu turnir ularga ko‘prik vazifasini o‘tab berishini aytdim.

Saydumarxon Saydnurullayev:
— Tayyorgarlik yaxshi bo‘ldi. Dastlab Toshkentda, keyin Qatarda yig‘in o‘tkazdik. Adaptasiya yetarli bo‘ldi. Asosiy maqsadimiz — musobaqada munosib qatnashib, yuqori natija qayd etish.

Ichki muhit haqida:
— Ichki muhit ajoyib, hamma yaxshi kayfiyatda. Oldimizda qanday turnir turganini bilamiz va jamoamiz musobaqaga 100 foiz tayyor.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 16:13, 06.01.2026.
O'qildi: 1561 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик