Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon 1-0 Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv 2-0 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

"Manchester Yunayted" vingeri Diallo Afrika Kubogida Yaya Turening yutug‘ini takrorladi

"Manchester Yunayted" vingeri Diallo Afrika Kubogida Yaya Turening yutug‘ini takrorladi

Baho:
+ | -

Kot-d'Ivuar Burkina-Faso ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, Afrika Millatlar Kubogining chorak finaliga yo‘l oldi.

Uchrashuv qahramoni Amad Diallo bo‘ldi: 20-daqiqada "Manchester Yunayted"ning 23 yoshli futbolchisi hisobni ochgan bo‘lsa, 32-daqiqada Yan Diomandega assistentlik qildi. Opta xabariga ko‘ra, Diallo Yaya Turedan keyin Afrika kubogi pley-offining bir o‘yinida gol urgan va golli uzatmani amalga oshirgan birinchi ivuarlik futbolchi hisoblanadi.

Aynan Amad Diallo turnirning joriy o‘yinida uchinchi marta bellashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

1/4 finalda Kot-d'Ivuar terma jamoasi Misrga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 10 yanvarga belgilangan.

Kiritildi: 08:22, 07.01.2026.
O'qildi: 764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик