Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bellingem: "Odamlar mendan ko‘proq gol urishimni kutishadi, lekin mening rolim boshqa"

Bellingem: "Odamlar mendan ko‘proq gol urishimni kutishadi, lekin mening rolim boshqa"

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem o‘zining sermahsulligi haqida gapirdi. 22 yoshli futbolchi joriy mavsumda 5 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

"Qirollik klubi"dagi debyut kampaniyasida hujumga yaqinroq harakat qilgan ingliz 23 ta gol urdi.

"Ehtimol, "Real"dagi birinchi mavsumda qo‘ygan rejam tufayli odamlar mendan ko‘proq gol kutishayotgandir, biroq Xabi Alonso davrida men boshqacha o‘ynayman - u meni ko‘proq serqirra yarimhimoyachi rolida ko‘radi. To‘g‘risini aytsam, bunday funksional menga yanada ko‘proq yoqadi, chunki men o‘yinning barcha bosqichlariga shu tarzda jalb etilganman", - deya Bellingemning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Bugun "qaymoqranglilar" Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletiko"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 06:55, 08.01.2026.
O'qildi: 664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик