Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Islom To‘xtaxo‘jayev: «Har qanday futbolchiga bunday ishqibozlar qarshisida o‘ynash yoqimli»

Islom To‘xtaxo‘jayev: «Har qanday futbolchiga bunday ishqibozlar qarshisida o‘ynash yoqimli»

Baho:
+ | -

"Andijon" klubiga taklif etilgan tajribali futbolchilardan biri Islom To‘xtaxo‘jayev ham jamoaning Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida faol ishtirok etmoqda. Klub matbuot xizmati esa To‘xtaxo‘jayevdan intervyu oldi.

- Islom, "Andijon" jamoamizga xush kelibsiz!

- Rahmat.

- Dastlab taklifni qabul qilishingiz sabablari haqida o‘rtoqlashsangiz.

- "Andijon"dan taklif kutilmaganda bo‘ldi. Sababiga kelsak, muxlislar. Har qanday futbolchiga bunday ishqibozlar qarshisida o‘ynash yoqimli bo‘ladi. Samvel Babayan bilan gaplashganimdan keyin bu yerga o‘tishga ishonch hosil qildim. Chunki jamoani maqsadi juda yuqori. Xudo xohlasa, o‘ylagan niyatlarimizga yetaylik va chempion bo‘ladigan jamoa bo‘lish nasib qilsin.

- Yangi oilaga keldingiz va ilk taassurotlar qanday?

- Barcha futbolchilar bilan tanishmiz. Asosiy maqsad "Andijon" muxlislarini xursand qilish va ularni doimo g‘alabalar bilan quvontirish.

- Antaliya yig‘inida ishtirok etyapsiz va bu borada nima deya olasiz?

- Tayyorgarlikda hozircha asosan jismoniy holatga e’tibor qaratilyapti. Sharoitlar yaxshi, ajoyib maydonlarda shug‘ullanyapmiz.

- Qo‘yilgan jiddiy maqsadga yarasha tarkib ham kuchaytirilyapti. O‘zgarishlarga qanday munosabatdasiz?

- Mahoratli futbolchilar va iqtidorli yoshlar ham taklif qilinyapti. Bir oila bo‘lib maqsadimizga erishamiz, degan niyatdaman. Xursandman, yaxshi o‘yinchilar yig‘ilyapti.

- Siz orqali himoya chizig‘i yanada kuchaytirilishi turgan gap. Shuning uchun sizga bo‘lgan ishonch va mas’uliyat katta.

- Mas’uliyat bilan o‘ynash yoqimli, professional futbolda va ayniqsa o‘zimga. Aynan mas’uliyat va muxlislarning bosimi ostida to‘p surish ancha yoqimli bo‘ladi. Eng oliy maqsad uchun kurashamiz. "Andijon" jamoamizni muvaffaqiyatli yo‘lida yoshlarga qo‘limizdan kelganicha yordam berishga harakat qilamiz.

- "Andijon"da to‘p surishingizni faoliyatingizda qanday bosqich deb hisoblaysiz?

- Jamoani oldiga qo‘yilgan maqsad oliyligi uchun ham bu qarorim to‘g‘ri. Chunki doim yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan klublarda o‘ynab o‘rganganman. Xudo xohlasa, stadion to‘la muxlislar bilan o‘ynash nasib qilsin. Yoshlarga ham yo‘l ko‘rsatamiz va chempionlik harakterini singdirishimiz kerak. Murabbiylar ko‘rsatmasini to‘liq bajarishga hamma bor kuchi bilan, yurakdan harakat qilsa, Xudoim ham to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi va natijasini ham beradi. Asosiysi, murabbiylarni ko‘rsatmasini to‘g‘ri bajarsak, barchasi to‘g‘ri bo‘ladi.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 18:03, 10.01.2026.
O'qildi: 999 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.