Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rodri "Manchester Siti" uchun 600 kundan ortiq vaqt ichida birinchi marta gol urdi

Rodri "Manchester Siti" uchun 600 kundan ortiq vaqt ichida birinchi marta gol urdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Rodri klub safida 2024 yilning may oyidan buyon endi gol urdi. U Angliya kubogining 3-bosqichida "Ekseter Siti"ga qarshi o‘yinda gol kiritdi. Unda Xosep Gvardiola jamoasi 10:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Sardorlik bog‘ichini taqqan ispaniyalik futbolchi jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘llab, jamoasining ikkinchi golini urdi.

Bu gol Rodri uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki u avvalgi muvaffaqiyatidan 600 kundan ko‘proq vaqt o‘tgach kiritilgan. Yarim himoyachi so‘nggi marta "Manchester Siti" safida 2024 yil 19 may kuni "Vest Xem"ga qarshi o‘yinda gol urgan.

Joriy mavsumda Rodri 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va yaqinda navbatdagi jarohatidan so‘ng safga qaytdi. Yarim himoyachining amaldagi mehnat shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:25, 11.01.2026.
O'qildi: 633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик