Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Toshkent FIFA Series turnirini qabul qiladi: ishtirokchilar ham ma’lum

Toshkent FIFA Series turnirini qabul qiladi: ishtirokchilar ham ma’lum

Baho:
+ | -1

FIFA 2026-yil mart–aprel oyidagi xalqaro tanaffus doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan «FIFA Series 2026» mini-turnirlaridan biri O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bu turnirga mezbon sifatida O‘zbekistondan tashqari Avstraliya, Ozarbayjon, Indoneziya, Qozog‘iston, Mavrikiy, Puerto-Riko va Ruanda davlatlari ham mezbonlik qiladi. Bu haqda FIFA rasmiy sahifasida e’lon qildi.

Toshkentdagi musobaqada O‘zbekiston, Gabon, Islandiya hamda Trinidad va Tobago terma jamoalari ishtirok etadigan bo‘ldi.

Ushbu musobaqa 2024-yil mart oyida o‘tkazilgan sinov shakli muvaffaqiyatli o‘tgach, 2026-yilgi «FIFA Series» ushbu tashabbusning birinchi to‘liq shakldagi ko‘rinishi bo‘ladi. Bu safar ishtirokchi assosiasiyalar soni ko‘proq, mezbon mamlakatlar ham kengaygan. Kengaytirilgan format xalqaro o‘yinlarning saviyasini oshirish va global futbol rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida ishlab chiqilgan.

«FIFA Series» futbolchilar, murabbiylar va muxlislar uchun yangi rivojlanish imkoniyatlarini ochishga, mazmunli o‘yinlar orqali futbolning universalligi va xilma-xilligini targ‘ib etishga qaratilgan. 2026-yilgi musobaqa bu ta’sirni erkaklar va ayollar futbolida yanada kuchaytiradi», — deydi FIFA prezidenti Janni Infantino.

Ma’lumot uchun, «FIFA Series» dastlab 2022-yil dekabrda FIFA Kengashi tomonidan ma’qullangan bo‘lib, u futbol infratuzilmasini endi shakllantirayotgan mamlakatlarga yirik turnir sharoitiga yaqin muhitda xalqaro o‘yin tajribasini orttirish imkonini beradi. Bu esa texnik hamda tashkiliy rivojlanishga katta hissa qo‘shadi.

Manba: https://t.me/komiljon_jumayev
Kiritildi: 21:07, 15.01.2026.
O'qildi: 1537 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик