Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

"PSJ" "Barselona" futbolchisiga taklif bilan chiqdi

"PSJ" "Barselona" futbolchisiga taklif bilan chiqdi

Baho:
+ | -

Taniqli insayder Fabrisio Romano "PSJ" "Barselona" yarim himoyachisi Pedro (Dro) Fernandesga qiziqish bildirayotgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

Avvalroq, Ispaniya OAVlari 18 yoshli futbolchi jamoadoshlariga tez orada "PSJ"ga o‘tishi haqida xabar berganini ma’lum qilgandi. Romanoning ta’kidlashicha, fransuz grandi haqiqatan ham istiqbolli ispanga taklif bilan murojaat qilgan. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar allaqachon olib borilmoqda. Parijliklar futbolchini 6 mln yevroga sotib olishi mumkin - uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasida aynan shunday tovon puli ko‘rsatilgan.

Insayder Droning joriy oyda Kataloniya klubini tark etmoqchi ekani haqidagi ma’lumotni ham tasdiqladi.

Kiritildi: 07:59, 17.01.2026.
O'qildi: 3917 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик