Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Roma" futbolchisi jamoani rasman tark etdi

"Roma" futbolchisi jamoani rasman tark etdi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Edoardo Bove "Roma"ni tark etdi. Rim klubi rasmiy sayti 23 yoshli futbolchi bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida xabar tarqatdi. "Roma" o‘z tarbiyalanuvchisiga faoliyatining keyingi bosqichida muvaffaqiyatlar tiladi.

2024 yil dekabr oyida Edoardo Bove "Fiorentina"da ijarada o‘ynab yurganida yurak xurujini o‘tkazdi. Voqeadan so‘ng Bove operasiya qilindi va u faoliyatini Italiyada davom ettira olmasligi aytildi. Endi Edoardo faoliyatini boshqa mamlakatda davom ettiradi.

Bove "Roma" safida 92 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urgan va sheriklariga ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 17:17, 17.01.2026.
O'qildi: 942 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик