Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Tata Steel Chess–2026. Sindorov va Abdusattorov kuchli uchlikda bormoqda

Tata Steel Chess–2026. Sindorov va Abdusattorov kuchli uchlikda bormoqda

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha 2026 yilgi Tata Steel Chess turniri davom etmoqda. Ushbu nufuzli musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 1,2 million AQSH dollaridan ortiqni tashkil etadi.

Musobaqaning Masters guruhi 5-tur bahslari doirasida Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindorov oq donalarda dunyoning eng yosh to‘rtinchi grossmeysteri, turkiyalik 14 yoshli Yag‘iz Kaan Erdog‘musni mag‘lub etdi. Ushbu natijadan so‘ng Sindorov 3,5 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi.

Sindorov 1-turda amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan oq donalarda, 2-turda niderlandiyalik Anish Giriga qarshi qora donalarda, 3-turda sloveniyalik Vladimir Fedoseev bilan oq donalarda durang qayd etgan. 4-turda esa u qora donalarda germaniyalik Mattias Blyubaum ustidan g‘alaba qozongan edi.

O‘zbekistonning birinchi raqamli grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov esa 5-turda qora donalarda turnir peshqadami, AQSH vakili Hans Niemann bilan durang o‘ynadi. Ushbu natijadan so‘ng Abdusattorov ham 3,5 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Abdusattorov 1-turda qora donalarda turkiyalik Yag‘iz Kaan Erdog‘mus bilan durang qayd etgan bo‘lsa, 2-turda hindistonlik Praggnanandhaa Rameshbabu ustidan g‘alaba qozongan. 3-turda yana bir Hindiston vakili Aravindh Chitambaram bilan durang o‘ynagan va 4-turda oq donalarda Chexiya vakili Nguyen Tai Dai Vanni mag‘lub etgan.

Hozirda turnir jadvalida 3,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra Hans Nimann yetakchilik qilmoqda. 2-o‘rindagi Javohir Sindorov hisobida ham 3,5 ochko mavjud.



6-turda Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi, Javohir Sindorov esa hindistonlik grossmeyster Aravindh Chitambaramga qarshi bahs olib boradi. 6-tur bahslari 23 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Musobaqa 13 turdan iborat. Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Abdusattorov 2025 yilgi Tata Steel Chess turnirida 3-o‘rinni egallagan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:24, 22.01.2026.
O'qildi: 2068 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик