Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Superliga qur’asi GotSport kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi

Superliga qur’asi GotSport kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Liga musobaqalarga qur’a tashlashda uzoq yillar davomida Berger tizimiga asoslangan klassik uslubdan foydalanib keldi. Biroq bugungi kunda jahonning yetakchi ligalari taqvimdagi qiyinchiliklar, logistika muammolari va jamoalarning xalqaro musobaqalarini inobatga olgan holda, sun’iy idrokka asoslangan yangi metodlardan foydalanishga o‘tgan.

O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon kubogida ishtirok etishidan kelib chiqib, 2026 yil futbolimiz uchun tarixiy ahamiyat kasb etadi. 2027 yilning dastlabki kunlaridanoq esa Saudiya Arabistonida Osiyo kubogi start oladi. Yarim yil ichidagi ikki yirik musobaqa Superliga taqvimini shakllantirishda qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Liga o‘tgan mavsum yangi qur’a mexanizmlari bo‘yicha xalqaro tajribani tahlil qildi va GotSport kompaniyasi bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. Mazkur kompaniya xizmatlaridan g‘arbning futbol rivojlangan mamlakatlari qatoridan Janubiy Koreya K ligasi, Avstraliya A ligasi kabilar ham foydalanmoqda.

Liga 2026 yilning birinchi yarmini boshqa maydonlarda boshlashni rejalashtirgan klublar haqida e’lon qilgandi. Shuningdek, yangi taqvim rejani ishlab chiqishda xalqaro maydonda O‘zbekiston nomidan ishtirok etuvchi klublar imkoniyatlari ham inobatga olinishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, derbilar, o‘tgan mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlagan klublarga qarshi uchrashuvlarning ketma-ket turlarga to‘g‘ri kelib qolmasligi masalasiga ustuvorlik beriladi.

Ayni paytda Liga GotSport mutaxassislari bilan hamkorlikda yangi mavsum taqvim rejasining bir necha o‘nlab versiyalarini muhokama qilmoqda. Tez orada ishchi guruh saralab olgan taqvim loyihalari klublarga taqdim etiladi va ular afzal bilgan variantlardan qay biri asosida musobaqa o‘tkazish masalasi kelishiladi.

Yangi hamkorlik Superliganing yanada raqobatbardosh va tomoshabop musobaqa bo‘lishiga hissa qo‘shishiga ishonamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:35, 22.01.2026.
O'qildi: 727 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.