Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Arbeloa «Vilyarreal»ga qarshi o‘yindan so‘ng Mbappe va Vinisius haqida fikr bildirdi

Arbeloa «Vilyarreal»ga qarshi o‘yindan so‘ng Mbappe va Vinisius haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya chempionatining 21-turida «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda (0:2) qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoa hujumchilari Kilian Mbappe va Vinisius Junior haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu — dunyodagi eng yaxshi ikki futbolchi. O‘yin taqdirini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan ikki o‘yinchi. Biz imkoni boricha ko‘proq to‘pni nazorat qilishga harakat qilamiz. Vini qanotda to‘pni qabul qiladi, Mbappe esa bo‘sh hududlarga ochiladi. Ular haqida sizga yangi bir narsa aytib o‘tirmayman. Ammo men ularning holati va mehnatidan juda mamnunman.

Ular jamoaga juda sadoqatli: birinchi bo‘lib pressing qiladilar, yarim himoyachilar bilan hamkorlik qiladilar, fidoyilik va jipslik ko‘rsatadilar… va buning mukofoti sifatida gollar kiritilayotganidan juda xursandman», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltiradi Managing Madrid.

Qayd etilishicha, «Real»ning g‘alabali seriyasi ketma-ket beshta uchrashuvga yetdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:58, 25.01.2026.
O'qildi: 2069 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик