"Lion" hujumchisi Endrik Liga 1 doirasida "Mets"ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida (4:1, tanaffus) dubl qayd etdi.
19 yoshli braziliyalik futbolchi Fransiya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan o‘yinning 11-daqiqasida hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan birinchi daqiqada Endrik yana gol urdi.
Endrik shu yilning yanvarida "Real"dan ijara asosida "Lion"ga o‘tgan edi. Klub safidagi uchta o‘yinda forvard uchta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.













