"Manchester Yunayted" hujumchisi Brayan Mbeumo APLda ketma-ket ikkinchi o‘yinda gol urdi.
26 yoshli futbolchi Angliya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan "Arsenal"ga qarshi o‘yinning 37-daqiqasida hisobni tenglashtirdi. Avvalgi turda kamerunlik futbolchi "Manchester Siti" darvozasini ishg‘ol qilgandi (2:0).
Hozirda Mbeumo APLning joriy mavsumida 18 ta o‘yinda 8 ta gol urdi, u "Manchester Yunayted"da mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.













