Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

“Barselona” Levandovskining o‘rnini “YUventus” hujumchisi bilan to‘ldiradi

“Barselona” Levandovskining o‘rnini “YUventus” hujumchisi bilan to‘ldiradi

Baho:
+ | -

Ispaniyaning “Barselona” klubi yozgi transfer oynasida Robert Levandovski o‘rnini to‘ldirishni rejalashtirmoqda. Fichajes nashri xabariga ko‘ra, 26 yoshli serbiyalik hujumchi Dushan Vlahovich asosiy nomzod sifatida qayd etilgan. Uning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi muddati 2026 yil iyun oyida tugaydi, shuning uchun uni bepul olish imkoniyati Kataloniya klubi uchun muhim omil hisoblanadi.

Levandovski so‘nggi oylar davomida jismoniy muammolarga duch kelgan bo‘lsa-da, hali ham “Barselona” hujumining markaziy figurasi hisoblanadi. Biroq 37 yoshli polshalik futbolchining kelajagi noaniq bo‘lib, klub uning o‘rnini to‘ldira oladigan futbolchi sifatida aynan Vlahovichni tanlagan.

Qayd etilishicha, Dushan Vlahovich jarima maydonidagi yakunlovchi, standart vaziyatlarni ijro etadigan va tezkor hujumlarda aniq harakat qiladigan futbolchi sifatida “Barselona”ning old chizig‘ini mustahkamlash uchun ideal nomzod hisoblanadi. Uning 26 yoshda ekani esa klub uchun uzoq muddat barqarorlik kafolatini beradi.

Shuningdek, Italiyaning “Milan” klubi serbiyalik hujumchi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda va “Barselona”ning asosiy raqobatchisi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Italiya A Seriyasi va Angliya Premyer Ligasi klublari ham Vlahovichga qiziqish bildirgan.

“Barselona” sport direktori va Hansi Flik uni o‘z tizimiga mukammal mos tushadi, deb hisoblaydi.

“Vlahovichning kelishi Levandovski “Kamp Nou”dan ketishga qaror qilsa, klubning asosiy hujumchisi sifatida bir necha yil davomida jamoaga xizmat qilishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:03, 28.01.2026.
O'qildi: 2322 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик