Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

«Yuventus»ning 75 millionlik yulduzi Azarni hayratda qoldirdi

«Yuventus»ning 75 millionlik yulduzi Azarni hayratda qoldirdi

Baho:
+ | -

O‘tmishning mashhur futbolchisi Eden Azar «Yuventus» hujumchisi Kenan Yildizning o‘yiniga yuqori baho berdi. Belgiyalik sobiq yulduzga yosh iste’dod egasining harakatlari juda manzur kelmoqda.

«Farzandlarim Yildizni juda yaxshi ko‘rishadi. Ular Kenanni Premyer-ligada ko‘rishni umid qilishmoqda, ammo men uchun u — «Real Madrid» darajasidagi o‘yinchi», — deya Azarning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

2025/2026 yilgi mavsumda Kenan Yildiz 31 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘qqizta gol va sakkizta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali 20 yoshli futbolchini 75 million yevroga baholamoqda.

Aytish joizki, Eden Azar «Real» safiga 2019 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Biroq belgiyalik futbolchi Madrid top-klubida o‘zini to‘laqonli ko‘rsata olmadi. Azar faoliyatini juda erta — 32 yoshida yakunladi.

Kiritildi: 18:51, 05.02.2026.
O'qildi: 1552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.