Kirish Ro'yxatdan o'tish

Emeri Elliott haqida: «U bizga yordam berishi mumkin, lekin hamma narsa «Liverpul»ga bog‘liq»

Emeri Elliott haqida: «U bizga yordam berishi mumkin, lekin hamma narsa «Liverpul»ga bog‘liq»

Baho:
+ | -

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri jamoa yarim himoyachisi Xarvi Elliott borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli xavbek joriy mavsumni ijara asosida Birmingemda o‘tkazmoqda. Uning transfer huquqi «Liverpul»ga tegishli.

«Xarvi Elliott bizga yordam berishi mumkin. Ammo hozir hamma narsa menga bog‘liq emas. Ikkinchi tomon — «Liverpul» bor. Endi bu sport va biznesga oid qaror. Men unga «Liverpul» futbolchini majburiy sotib olish haqidagi bandni bekor qilsa, bu adolatli bo‘lishini aytdim», — deya Emerining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Joriy mavsumda Elliott barcha turnirlarda faqat to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi va bitta gol urdi. «Transfermarkt» mutaxassislari futbolchining qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:15, 07.02.2026.
O'qildi: 609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик