Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Barselona" futbolchilari Flikni shartnomani uzaytirishga ko‘ndirmoqda

"Barselona" futbolchilari Flikni shartnomani uzaytirishga ko‘ndirmoqda

Baho:
+ | -

«Barselona» futbolchilari Xans-Diter Flikning klub bosh murabbiyi lavozimida qolishini istamoqdalar.

«Touchline» nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» o‘yinchilari nemis mutaxassisi bilan shartnoma uzaytirilishidan nihoyatda manfaatdor. Ular ustozini uzoqroq muddatga — 2027 yildan keyin ham amal qiladigan kelishuvga imzo chekishga ko‘ndirishga tayyorlar. Kataloniya klubi futbolchilari Flikni o‘zlari uchun ideal murabbiy deb hisoblashadi.

Xans-Diter Flik 2024 yilda «Barselona»ni qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida «ko‘k-anorranglilar» La Liga, Ispaniya kubogi va ikki bor Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqishdi. Hozirda Kataloniya klubi Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 15:58, 08.02.2026.
O'qildi: 974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик