Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Gavi tiklanishning final bosqichida: "Barselona" yulduzi to‘p bilan mashg‘ulotlarni boshladi (Video)

Gavi tiklanishning final bosqichida: "Barselona" yulduzi to‘p bilan mashg‘ulotlarni boshladi (Video)

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi jarohatdan tiklanishning yakuniy bosqichida muhim qadamlarni tashlashda davom etmoqda.

O‘tgan yilning sentyabr oyida 21 yoshli yarim himoyachi o‘ng tizzasidagi menisk jarohatini davolash uchun artroskopik jarrohlik amaliyotini o‘tagan edi.

Tiklanish davri taxminan to‘rt-besh oy etib belgilangandi. Gavining o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali sog‘lig‘i borasidagi yangiliklarni bo‘lishib kelmoqda.

Bugun Gavi yana bir qadam oldinga siljidi — u to‘p bilan ishlashni boshladi va bu haqdagi videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi. Videoda uning murabbiylar shtabi a’zosi nazorati ostida bir nechta to‘plar bilan mashq bajarayotganini ko‘rish mumkin.

"Shuncha vaqtdan keyin to‘p bilan mashq qilish — ajoyib tuyg‘u", — deb yozdi klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi.

Navbatdagi bosqich to‘p bilan ishlashdagi ijobiy hissiyotlar to‘liq tiklangach, guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilish bo‘ladi. Shundan so‘ng u tibbiy ruxsatnoma oladi va Xansi Flik ixtiyoriga qaytadi.

23 fevral kuni tiklanish uchun belgilangan besh oylik muddat yakuniga yetadi, biroq na klub, na murabbiylar shtabi uning umumiy guruhga qaytishi bo‘yicha aniq muddatlarni belgilamayapti.

Jarohat olgunga qadar Gavi joriy mavsumda faqat ikkita o‘yinda maydonga tushgandi. Har ikki holatda ham u zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan va bitta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurgan edi.

Kiritildi: 01:44, 10.02.2026.
O'qildi: 2422 marta.
Fikrlar: 254 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик