Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

"Real" o‘z futbolchisini Enso Fernandes transferiga qo‘shishga tayyor

"Real" o‘z futbolchisini Enso Fernandes transferiga qo‘shishga tayyor

Baho:
+ | -1

"Real" "Chelsi" yarim himoyachisi Enso Fernandesni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.

"DS Sports" nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Madrid klubi argentinalik futbolchini yozgi transfer oynasida sotib olish uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda. "Qaymoqranglilar" Ensoning transferi evaziga "ko‘klar"ga 60 million yevro va Eduardo Kamavingani berishga tayyor.

Enso Fernandes 2023 yilda "Benfika"dan "Chelsi"ga 121 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi "ko‘klar" safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali Fernandesning qiymatini 85 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:15, 11.02.2026.
O'qildi: 3025 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик