Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

«Barselona» sport direktori «Real»ning kuchayganini aytdi

«Barselona» sport direktori «Real»ning kuchayganini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» sport direktori Deku jamoaning «Real» bilan chempionlik uchun kurashi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Ayni damda kataloniyaliklar turnir jadvalida madridliklarni bir ochkoga ortda qoldirib, peshqadamlik qilishmoqda.

«Mening fikrim murabbiyimizning fikri bilan bir xil. Chempionat — bu uzoq masofa va unda kim kamroq xato qilsa, kim barqarorroq bo‘lsa va bu tempga chiday olsa, o‘sha yuqori o‘rinni egallaydi. O‘ylaymanki, biz hamma narsani to‘g‘ri qilyapmiz, lekin oldinda hali ko‘plab va o‘ta qiyin o‘yinlar kutib turibdi.

Har bir o‘yinga alohida yondashish kerak. Eng muhimi — jamoa yaxshi holatda, biroq oldinda hali uzoq yo‘l bor. «Real» sezilarli darajada kuchaydi, ularda ajoyib futbolchilar bor. «Atletiko» biroz ortda qolgan bo‘lsa-da, hali kurashga qaytishi mumkin, ayniqsa, ular bilan bo‘lajak o‘zaro o‘yinimizni hisobga olsak», — deya Dekuning so‘zlarini keltirmoqda Ispaniyaning «Sport» nashri.

Eslatib o‘tamiz, bugun — payshanba, 12 fevral kuni «Barselona» Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida «Atletiko»ga qarshi ilk uchrashuvni o‘tkazadi.

Kiritildi: 17:01, 12.02.2026.
O'qildi: 1362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик