Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Liga 1. «PSJ» «Renn»ga yutqazdi (videosharh)

Liga 1. «PSJ» «Renn»ga yutqazdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Fransiya chempionati 22-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Renn» o‘z maydonida «PSJ»ni qabul qildi. Bahs Renn shahridagi «Roazon Park» stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 3:1 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi ilk gol 34-daqiqada «Renn» hujumchisi Mussa Al-Tamariy tomonidan kiritildi. 69-daqiqada Esteban Lepol mezbonlar ustunligini ikki baravarga oshirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, «PSJ» forvardi Usmon Dembele hisobni qisqartirdi. 81-daqiqada esa Bril Embolo parijliklar darvozasiga uchinchi golni urdi va o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1.

22 tur yakunlariga ko‘ra, «PSJ» 51 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. «Renn» esa 34 ochko bilan beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Keyingi turda «PSJ» 21 fevral kuni o‘z maydonida «Mets»ni qabul qiladi. «Renn» esa bir kun o‘tib safarda «Oser» mehmoni bo‘ladi.

Fransiya — Liga 1, 22-tur
13 fevral 2026 yil, juma.
«Renn» — «PSJ» — 3:1
Gollar: Al-Tamari (34) 1:0, Lepol (69) 2:0, Dembele (71) 2:1, Embolo (81) 3:1.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:56, 14.02.2026.
O'qildi: 1365 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик