Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

La Liga. "Rayo" "Atletiko"ni tor-mor keltirdi

La Liga. "Rayo" "Atletiko"ni tor-mor keltirdi

Baho:
+ | -1

Ispaniya chempionatining 24-turida «Atletiko» safarda «Rayo Valyekano»dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi — 0:3.

40-daqiqada Fran Peres hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa o‘tib, Oskar Valentin mezbonlarning ustunligini oshirdi. «Matraschilar» darvozasiga uchinchi golni 76-daqiqada Nobel Mendi kiritdi.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng «Atletiko» (45 ochko) turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. Qizig‘i shundaki, bundan avvalroq, 12 fevral kuni madridliklar Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki o‘yinida «Barselona»ni 4:0 hisobida tor-mor etgan edi.

«Rayo Valyekano» 25 ochko jamg‘argan holda La Liga jadvalida 16-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ispaniya La Ligasi, 24-tur

15 fevral, 20:15. «Valyekas» stadioni.

«Rayo Valyekano» — «Atletiko» — 3:0 (2:0)

Gollar: 1:0 – 40 Fran Peres, 2:0 – 45 Valentin, 3:0 – 76 Mendi.

«Rayo Valyekano»: Batalya, Lejen, Mendi, Espino, Rasyu, Xerard Gumbau (Lopes, 83), Valentin, Palazon (Vertroud, 64), Fran Peres (Dias, 64), Axomash (Nteka, 74), De Frutos (Alvaro Garsiya, 64).

«Atletiko»: Oblak, Ximenes, Langle (Lyorente, 63), Rudjeri (Vargas, 57), Molina, Mendosa (Le Norman, 56), Kardozo (Lukman, 63), Gonsales, Baena (Alvares, 57), Serlot, Almada.

Ogohlantirishlar: Alvaro Garsiya (90) — Kardozo (29), Mendosa (52), Lyorente (70).

Kiritildi: 22:14, 15.02.2026.
O'qildi: 4327 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик