Kirish Ro'yxatdan o'tish

Militaoning holati bo‘yicha xabar berildi

Militaoning holati bo‘yicha xabar berildi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Eder Militao to‘p bilan mashg‘ulotlarni boshladi, deb xabar bermoqda Marca gazetasi.

Braziliyalik futbolchi dekabr oyi boshida "qirollik klubi" lazaretiga tushib qolgan edi. U Ispaniya chempionati doirasidagi "Selta"ga qarshi bahsda sonidan jarohat olgandi. Matbuotda Militaoning tiklanishi uchun taxminan to‘rt oy vaqt ketishi xabar qilingan edi.

Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida 28 yoshli himoyachi "qirollik klubi" safida 13 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Braziliyalik futbolchi o‘z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan, shuningdek, ikkita sariq kartochka olgan.

Himoyachining "Real" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:32, 18.02.2026.
O'qildi: 720 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик