Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Vinisiusning qilgan ishi uchun "Real"ning boshqa futbolchisi uzr so‘ragan (Video)

Vinisiusning qilgan ishi uchun "Real"ning boshqa futbolchisi uzr so‘ragan (Video)

Baho:
+ | -2

"Benfika" hamda "Real" o‘rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvi (0:1) mojaroli tus oldi. Vinisius Junior Janluka Prestiannini irqchilik ruhidagi haqoratlarda ayblamoqda, biroq Lissabon klubi futbolchisi bu ayblovlarni rad etdi.

Shu bilan birga, ba’zi futbol ishqibozlari o‘yindan so‘ng Vinisiusning o‘zini ayblashdi. U burchak bayroqchasi yonida golni nishonlash paytida "Benfika" muxlislariga nisbatan ancha provokasion harakatlar qilgan edi.

Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda tribunadan olingan video paydo bo‘ldi. Lavhada himoyachi Antonio Ryudiger golni nishonlayotgan jamoadoshlari yoniga borib, ularni tezroq o‘yinga qaytishga chaqirgani aks etgan. Shu bilan birga, Ryudiger tribunalarga qarata ishora qilib, Vinisiusning haddan tashqari qo‘pol nishonlashi uchun ochiqchasiga uzr so‘ragan.

Kiritildi: 19:14, 18.02.2026.
O'qildi: 3969 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик