Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Kurtua fransuz klubi aksioneriga aylandi

Kurtua fransuz klubi aksioneriga aylandi

Baho:
+ | -

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Fransiyaning «Le-Man» klubiga sarmoya kiritadi.

Yozda Fransiya ikkinchi ligasi vakili OutField va OakBerry investisiya fondlari yangi moliyaviy sheriklarga aylanganini e’lon qilgan edi. Ushbu loyihaga Novak Jokovich, Felipe Massa va Kevin Magnussen kabi sport yulduzlari ham qo‘shilishgan.

L’Équipe nashrining xabariga ko‘ra, dastlabki investisiyalardan olti oy o‘tib, minoritar aksiyador sifatida ishtirok etayotgan Outfield kompaniyasi «Le-Man»ning majoritar (asosiy) aksiyadoriga aylanishga tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, klub aksiyalarining bir qismini Tibo Kurtua hammuassis bo‘lgan NxtPlay investisiya kompaniyasi ham sotib oladi.

Ko‘zlangan asosiy maqsad — hozirda Fransiya ikkinchi ligasida 5-o‘rinni egallab turgan jamoaning mavqeini saqlab qolish va yakunda Liga 1 ga qaytishdir.

Kiritildi: 17:33, 19.02.2026.
O'qildi: 669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик