Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pep «Siti»ning imkoniyatlarini baholashga shoshilmayapti

Pep «Siti»ning imkoniyatlarini baholashga shoshilmayapti

Baho:
+ | -

Xosep Gvardiola matbuot anjumanida kutilganidek «Arsenal» bilan chempionlik poygasi haqidagi savollarga javob berdi. «Manchester Siti» raqobatchisidan besh ochko ortda qolmoqda, biroq zaxirada bitta o‘yini bor.

«Avval aytganimdek, 12 ta o‘yin — bu juda ko‘p. Men faqat «Nyukasl»ga qarshi bahs haqida o‘ylayapman. Liga Kubogi finali yaqinlashganda «Arsenal» haqida o‘ylab ko‘rarmiz. Hozir esa bor e’tiborimiz — «Nyukasl»da. Keyin dam olamiz va undan so‘ng «Lids» haqida bosh qotiramiz.

Jurnalist sifatida sizni tushunaman, nima sodir bo‘lishini oldindan taxmin qilmoqchisiz. Ammo biz uchun hozir faqat «Nyukasl»ga qarshi o‘yin ahamiyatga ega.

Dekabr oyi oxiriga qaraganda chempionlik imkoniyatlarimiz oshdimi? Rostini aytsam, bilmayman. Qolgan 12 ta o‘yinda nimalar bo‘lishidan xabarim yo‘q», — dedi Gvardiola.

«Manchester Siti» shanba kuni o‘z maydonida «Nyukasl»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 18:42, 20.02.2026.
O'qildi: 609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик