Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bernal Serxio Buskets bilan taqqoslanishi haqida gapirdi

Bernal Serxio Buskets bilan taqqoslanishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal jamoaning sobiq yulduzi Serxio Buskets bilan o‘zini solishtirishlariga nisbatan fikr bildirdi.

Yakshanba kuni 18 yoshli futbolchi uchrashuvning 4-daqiqasidayoq hisobni ochib, kataloniyaliklarga «Levante» ustidan g‘alaba qozonishda (3:0) yordam berdi. 66-daqiqada «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik yarim himoyachini jarohatidan qutulgan Pedriga almashtirdi.

«Buskets bilan solishtirilishim men uchun ulkan sharaf, lekin men faoliyatimni endigina boshlayapman. «Kamp Nou»da kiritilgan har bir gol o‘ziga xos hissiyotlarni taqdim etadi. Bu ajoyib lahza edi. «Barselona» — dunyoning eng yaxshi klubi. Asosiy tarkibdan joy olish uchun har birimiz bor kuchimizni berishimiz kerak. Bugun biz ajoyib o‘yin ko‘rsatdik, g‘alaba qozondik va darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik, bundan juda mamnunmiz», — deya Bernalning so‘zlarini keltirmoqda Barca Universal.

Yosh ispaniyalik futbolchi «Barselona» safida o‘tkazgan 23 ta o‘yinida ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:57, 23.02.2026.
O'qildi: 872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик